Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Iyul 22, 2026. 11:00 • 45 soniya
• 115
OSTONA, 22-iyul. /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston Prezidentining farmoni bilan Yerali Tugjanov mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
U 2022-yil 24-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan Beybut Atamqulovning o‘rnini egallaydi.
Qozog‘istonning yangi elchisi 63 yoshda. U Toshkentdagi lavozimga tayinlanguniga qadar Qozog‘iston Bosh vazirining maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
Yerali Tugjanov ilgari davlat xizmatida turli lavozimlarda, jumladan, Prezident Administratsiyasida faoliyat yuritgan, Mang‘istau va Aqto‘be viloyatlari hokimi bo‘lgan, mamlakat kasaba uyushmalari federatsiyasiga rahbarlik qilgan, Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi