Xitoy O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Oktabr 05, 2026. 18:49 • 2 daq

• 47
Xitoy O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

TOSHKENT, 5-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda tashqi savdo aylanmasi sakkiz oyda 57,4 milliard dollarni tashkil etib, so‘nggi besh yil ichida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi besh yil ichida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi amaldagi korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshdi. Bunda xorijiy korxonalarning tuzilmadagi ulushi 56,2 foizdan 77,9 foizga ko‘paydi.

2026-yil 1-sentyabr holatiga mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 6 ming 436 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy mamlakatlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi.

Shuningdek, yetakchilar qatoridan Rossiya (3589 ta), Turkiya (2365 ta), Qozog‘iston (1345 ta) va Janubiy Koreya (739 ta) ham joy olgan.

Ilg‘or o‘ntalikka Afg‘oniston (725 ta), Ozarbayjon (503 ta), Tojikiston (483 ta), Birlashgan Arab Amirliklari (464 ta) va Hindiston (446 ta) ham kirgan.

Shu tariqa, Xitoy kapitali ishtirokidagi korxonalar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalar umumiy sonining qariyb 30 foizini tashkil etmoqda. Ularning soni ikkinchi o‘rinni egallab turgan Rossiya ko‘rsatkichidan deyarli 1,8 barobar ko‘pdir.

Ekspertlarning fikricha, xorijiy ishtirokdagi korxonalar sonining o‘sishi O‘zbekistonning xalqaro ishbilarmonlik hamkorligi geografiyasi kengayib borayotganini va xorijiy investorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga qiziqishi yuqori ekanini yaqqol namoyon etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish