Minsk shahrida MDH mamlakatlari savdo-sanoat palatalari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Oktabr 05, 2026. 17:30 • 54 soniya
• 84
MINSK, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Belarus poytaxtida MDHga a’zo mamlakatlar Savdo-sanoat palatalari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni yangi bosqichga ko‘tarish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida tomonlar savdo aloqalarini kengaytirish, bozordagi to‘siqlarni bartaraf etish, mahsulot yetkazib berish zanjirlarini yengillashtirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.
Uchrashuvda davlatlar o‘rtasida ishlab chiqarish sohasidagi uzviy bog‘liqlikni kengaytirish, birgalikda xomashyoni qayta ishlash, raqamli tijorat va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan yangi investitsiyaviy dasturlarni ishga tushirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida MDH hududida tadbirkorlik muhitini yaxshilash va ishbilarmonlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi