“Berliner Zeitung”: Logistika — O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi o‘sish nuqtasi
Oktabr 05, 2026. 17:00 • 2 daq
• 9
BЕRLIN, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning nufuzli “Berliner Zeitung” gazetasida O‘zbekistonning xalqaro transport va logistika sohasidagi rejalari hamda istiqbollariga bag‘ishlangan tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada ta’kidlanishicha, O‘zbekiston bevosita dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas, biroq Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi hukumat bu geografik cheklanishni strategik ustunlikka aylantirishni maqsad qilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent Kaspiy va Qora dengiz qirg‘oqlarida logistika bazalarini yaratish, Janubiy Kavkaz portlarini rivojlantirishda ishtirok etish, shuningdek, Armaniston orqali o‘tuvchi savdo yo‘lida muhim o‘rin egallashni rejalashtirmoqda. Xususan, Gruziya bilan Poti port hududida O‘zbekistonning omborxona va transport-logistika obyektlarini barpo etish bo‘yicha allaqachon bitim imzolangan. Shuningdek, mamlakatimiz Aktau, Turkmanboshi va Boku portlarini modernizatsiya qilishda ham qatnashish niyatida.
“O‘zbekistonning yondashuvi juda aniq — mamlakat bittagina transport yo‘nalishiga bog‘lanib qolmasdan, bir vaqtning o‘zida muqobil yo‘laklarni maksimal darajada rivojlantirishga intilmoqda. Biroq mazkur rejalarni amalga oshirish ko‘p jihatdan moliyalashtirish masalalari, Anakliya loyihasining taqdiri va transport yo‘laklarining muddatlariga bog‘liq”,- deya xulosa qilinadi gazetada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi