Logo

Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarining eng yirik savdo sherigiga aylandi

Yanvar 19, 2026. 12:56 • 58 soniya

122
Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarining eng yirik savdo sherigiga aylandi

TOSHKENT, 19-yanvar. /“Dunyo” AA/. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligi 106,3 milliard AQSh dollariga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, tovar ayirboshlash hajmi 12 foizga oshgan. Tarixda birinchi marta Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 100 milliard dollardan oshdi va ketma-ket besh yil davomida ijobiy dinamikani ko‘rsatmoqda.

O‘tgan yili Xitoy ilk bor Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng yirik savdo sherigiga aylandi. Xitoyning Markaziy Osiyoga eksporti 71,2 milliard dollarga yetdi. Bu elektromexanika mahsulotlari, yuqori texnologiyali tovarlar yetkazib berishning sezilarli o‘sishi tufayli bir yil oldingiga nisbatan 11 foizga ko‘pdir. Markaziy Osiyodan import hajmi 35,1 milliard dollarni tashkil etib, yillik hisobda 14 foizga o‘sdi.

Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida transchegaraviy elektron tijorat shaklidagi savdo jadal o‘sish surʼatlarini saqlab qoldi, ombor va logistika obyektlari qurilishi davom etdi, transchegaraviy to‘lovlar sohasidagi hamkorlik faol rivojlandi.

Shu yil 14-yanvar kuni Xitoyning Qashqar shahridan O‘zbekiston poytaxtiga yangi yo‘lovchi aviareysi bo‘yicha birinchi reys amalga oshirilganini Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida hamkorlikning yangi eshiklarini ochishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish