O‘zbekiston terma jamoasi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha XVII Polsha xalqaro chempionati g‘olib bo‘ldi

Iyun 02, 2026. 09:55 • 2 daq

6

VARSHAVA, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. 30-may kuni Varshava shahridagi “OSiR Bemowo” stadionida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha XVII Polsha xalqaro chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, turnirda 39 ta jamoadan 400 nafarga yaqin yosh sportchi, jumladan, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz jamoasi mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘magida qatnashdi.

Turnir davomida 97 ta uchrashuv o‘tkazilib, jami 449 ta gol urildi. Musobaqalar halol, o‘zaro hurmat va do‘stlik ruhida o‘tdi.

Qizg‘in kechgan bahslar yakunida O‘zbekiston jamoasi finalda “Legnickie Orły Legnica” jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, ushbu chempionatda I o‘rinni egalladi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Sovrin o‘rinlarining yakuniy taqsimotiga ko‘ra:

I o‘rin – O‘zbekiston;

II o‘rin – “Legnickie Orły Legnica”;

III o‘rin – “Sternik Szczecin” guruhlariga nasib etdi.

Bundan tashqari, terma jamoamiz a’zosi Maksim Islomov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Bu uning butun chempionat davomidagi yuksak mahorati va ishonchli o‘yinining e’tirofi bo‘ldi.

O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi ushbu sovringa O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘magi hamda yosh sportchilarning yuksak tayyorgarligi, intizomi, qat’iyati va o‘z mamlakatini xalqaro maydonda munosib himoya qilishga bo‘lgan intilishi tufayli erishilganini qayd etdi.

Mazkur g‘alaba ikki mamlakat o‘rtasidagi sport, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga va turli mamlakatlar bolalari o‘rtasida do‘stlik aloqalari va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim voqea bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish