Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Vaqtinchalik saqlash markazida bo‘lgan vatandoshlarga Qurbon hayiti munosabati bilan bayram palovi tarqatildi
Iyun 01, 2026. 20:30 • 53 soniya
• 33GATCHINA, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. Leningrad viloyati Gatchina shahrida joylashgan Xorij fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markazida (SVSIG) bo‘lgan 70 nafar vatandoshlarga Qurbon hayiti munosabati bilan osh va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bosh konsulxona diplomatlari ushbu tashabbus davlat rahbari tomonidan ilgari surilganligini bildirib, Yangi O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijdagi vatandoshlarga ko‘rsatilayotgan katta e’tibor va imkoniyatlar xususida atroflicha ma’lumot berib o‘tishdi.
Shuningdek, yurtdoshlar qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar respublika hukumatining himoyasida ekanliklari bildirilib, ularni tez kunlarda o‘z oilalari davrasiga qaytishlari uchun Bosh konsulxona amaliy ko‘mak ko‘rsatishi aytib o‘tildi.
Vatandoshlar ushbu tadbirni tashkil etilishini yuqori baholab, o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi






