“Kommersantʼ” gazetasi: O‘zbekistonda 2030-yilgacha 4,7 million nafar yoshlar sunʼiy intellekt bo‘yicha o‘qitiladi
Aprel 24, 2026. 10:34 • 2 daq
• 170
MOSKVA, 22-aprel. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Kommersantʼ” gazetasida O‘zbekistonda sunʼiy intellekt sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, hozirda O‘zbekistonda sunʼiy intellekt sohasida 100 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. 2027-yil oxiriga qadar ularning sonini ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, sunʼiy intellektni joriy etishning asosiy yo‘nalishlari sog‘liqni saqlash, taʼlim, transport, energetika, bank sektori va bojxona xizmati hisoblanadi.
Shuningdek, maqolada O‘zbekiston sunʼiy intellektni rivojlantirishning ijtimoiy jihatiga, jumladan, inson kapitalini shakllantirish, taʼlimni rivojlantirish va davlat xizmatlari sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratayotgani taʼkidlangan.
“O‘zbekiston bu sohada BAA bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan “Five Million Uzbek AI Prompters” dasturini amalga oshirmoqda. Ushbu tashabbus doirasida 2030-yilgacha 4,7 million nafar yoshlar, 150 ming nafar o‘qituvchi hamda 100 ming nafar davlat xizmatchisini o‘qitish ko‘zda tutilgan”, deb yozadi “Kommersantʼ”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi