Logo

O‘zbekiston Prezidentiga Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar haqida axborot berildi

Aprel 23, 2026. 22:00 • 51 soniya

159
O‘zbekiston Prezidentiga Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar haqida axborot berildi

TOSHKENT, 23-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedovning Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotini tingladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda Turkiya Qurolli Kuchlarining yuqori martabali vakili ham ishtirok etdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Harbiy-texnik hamkorlik izchil rivojlanib, jumladan, idoralararo aloqalar kengayib borayotgani, qo‘shma tadbirlar tashkil etilib, harbiy mutaxassislar tayyorlanayotgani alohida taʼkidlandi.

Harbiy sohadagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish borasidagi intilish qatʼiy ekani taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish