Logo

O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi Guanchjou shahridagi xalqaro festivalda namoyish etildi

Noyabr 27, 2025. 11:33 • 2 daq

277
O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi Guanchjou shahridagi xalqaro festivalda namoyish etildi

GUANCHJOU, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning  Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning janubiy provinsiyalarida taʼlim olayotgan vatandosh-talabalar bilan birgalikda “Xalqaro madaniyat kuni” xalqaro festivalida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Guanchjou shahrida o‘tkazilgan tadbirda Germaniya, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Misr, Hindiston, Ozarbayjon kabi 20 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashdi.

Tadbir davomida yurtimizning boy madaniy-tarixiy merosi, turizm salohiyati hamda milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalari namoyish etildi. Vatandoshlarimizning sahna ko‘rinishlari va ijro etilgan o‘zbek milliy raqslari barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Hunarmandchilik va amaliy sanʼat buyumlari, meva va qandolat mahsulotlari va milliy taomlar bilan bezatilgan O‘zbekiston stendi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Festivalda qatnashgan oliy taʼlim muassasalari rahbariyati o‘zbekistonlik talabalarning dunyoqarashi, bilimi, ahloqi, tirishqoqligi, yangilikka intiluvchanligini yuqori baholadi.

Mazkur madaniy tadbirlar Guanchjou–Toshkent yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni faollashtirishga, savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm yo‘nalishlaridagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish