Londondagi O‘zbekiston elchixonasida vatandoshlar uchun floristika sanʼati namoyishi o‘tkazildi
Aprel 22, 2026. 17:00 • 53 soniya
• 83LONDON, 22-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida floristika va gul kompozitsiyalari yaratish bo‘yicha vatandoshlar uchun mahorat darsi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“To‘maris” ayollar uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu tadbirda ishtirokchilarga floristika sanʼati, gullarni tanlash va uyg‘unlashtirish asoslari hamda o‘ziga xos guldastalar yaratishning zamonaviy yondashuvlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Mahorat darsining amaliy qismida ishtirokchilar olgan bilimlarini amalda qo‘llash imkoniga ega bo‘lib, turli xil gul kompozitsiyalarini tayyorlashda faol ishtirok etdi.
Tadbir samimiy va do‘stona ruhda o‘tib, ishtirokchilarga o‘zaro tajriba va ijodiy g‘oyalar almashish uchun imkoniyat yaratdi.
Uchrashuv yakunida bu kabi tashabbuslar xotin-qizlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilishi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



