O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Buyuk Britaniya investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri sog‘liqni saqlash xizmatlari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladilar
Fevral 25, 2026. 21:40 • 48 soniya
• 37
TOSHKENT, 25-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Londonda Buyuk Britaniya investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri lord Jeyson Stokvud bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun London shahrida Buyuk Britaniya investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri lord Jeyson Stokvud janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Birgalikda sanoat, energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, muhim foydali qazilmalar, sog‘liqni saqlash hamda raqamli texnologiyalar sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildik.
Sog‘liqni saqlash xizmatlari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini imzoladik. Ushbu hujjat O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda yanada chuqur hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam asos yaratadi.
Mazkur tashabbuslar O‘zbekiston va Buyuk Britaniya davlatlarida barqaror iqtisodiy o‘sish, masʼuliyatli hamkorlik hamda o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
