Logo

Rossiyaning Rostov-Don shahrida vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

Fevral 26, 2026. 11:41 • 2 daq

65
Rossiyaning Rostov-Don shahrida vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi
Rossiyaning Rostov-Don shahrida vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi
Rossiyaning Rostov-Don shahrida vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

ROSTOV-DON, 26-fevral. /“Dunyo” AA/. Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan mazkur hududda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun iftorlik tadbiri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Diplomatik vakolatxona boshchiligida o‘tkazilgan mazkur madaniy-maʼnaviy tadbirda 120 dan ortiq hamyurtlarimiz, Rossiyaning Rostov viloyatida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik qorilar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Bosh konsul Burxon Aliqulov so‘zga chiqib, muqaddas oyni munosib o‘tkazish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtaldi. Davlatimiz rahbari tomonidan xorijdagi fuqarolar holidan xabar olish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda maʼnaviy qo‘llab-quvvatlashga alohida ustuvor ahamiyat berilayotgani taʼkidlandi.

Bosh konsulxona diplomatlari turli yod g‘oyalar va jinoiy guruhlar taʼsiridan ehtiyot bo‘lish, bu borada ayniqsa, yoshlarning hushyorligini oshirish muhimligini qayd etdi.

Tadbir davomida qorilar tomonidan Qurʼon tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi va ravnaqi uchun duolar o‘qildi. Diniy soha vakillari millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik barqarorlik garovi ekanini, Ramazon oyi o‘zaro mehr-oqibat va saxovat ko‘rsatish uchun eng qulay fursat ekanini taʼkidladi.

Iftorlik dasturxoni atrofida jam bo‘lgan hamyurtlarimiz musofir yurtda Vatan sog‘inchi va Ramazon fayzini his qilganini bildirdi. Vatandoshlarimizning bu kabi xayrli tadbirlar musofirlikda birdamlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishini eʼtirof etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish