O‘zbekiston tashqi ishlar hamda Misr investitsiyalar va tashqi savdo vazirlari o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha suhbatlashdi
Iyun 14, 2026. 12:00 • 2 daq
• 23
TOSHKЕNT, 14-iyun. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qohirada Misr investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Muhammad Farid Solih bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Misr Arab Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Muhammad Farid Salah bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvimiz iqtisodiy hamkorlik kun tartibini yanada boyitish imkonini berdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Savdo hajmini oshirish, investitsiyalar oqimini ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va transport-logistika bog‘liqligini kuchaytirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlarni muhokama qildik. Erkin iqtisodiy zonalar, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalari va yangi bozorlarga birgalikda chiqish masalalari suhbatimiz markazida bo‘ldi.
Misrning yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning ijobiy natijalari yangi tashabbuslar uchun mustahkam zamin yaratayotganini qayd etdik. Ayniqsa, geologiya, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, energetika va sanoat sohalarida hamkorlikni kengaytirish uchun katta zaxiralar mavjud”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi