O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Italiyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
Yanvar 12, 2026. 17:10 • 51 soniya
• 107
TOSHKENT, 12-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Italiyaning yangi elchisi Guido de Sanktisni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Guido De Sanktis janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. - Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, savdo, investitsiya va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik. Amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish muhimligini taʼkidladik.
Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyat tilaymiz”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 24 martda o‘rnatilgan.
Italiyaning yangi elchisi 64 yoshda. 1991-yildan buyon Italiya Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy muassasalar tizimida masʼul lavozimlarda ishlagan, jumladan, 2013-2017-yillarda Qatarda elchi bo‘lgan. Ingliz va rus tillarini biladi.
Guido de Sanktis 2024-2025-yillarda Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Piyergabriyele Papadiya de Bottini o‘rnini egalladi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi