Logo

MAGATE O‘zbekistonda yerlarni tozalashning yakuniy bosqichini amalga oshiradi

Yanvar 12, 2026. 15:21 • 2 daq

34
MAGATE O‘zbekistonda yerlarni tozalashning yakuniy bosqichini amalga oshiradi

VENA, 12-yanvar. /“Dunyo” AA/. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Markaziy Osiyodagi uran merosiga ega hududlar taqdirini belgilab beruvchi 2030-yilgacha yangilangan Strategik bosh rejani eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjat birinchi marta Toshkentda bo‘lib o‘tgan Uran merosi obyektlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh (CGULS) yig‘ilishida taqdim etilgan edi. Unda Yangiobod va Chorkesar tumanlarida yerlarni tiklashning yakuniy bosqichiga o‘tish belgilangan.

2015-yilda xalqaro formatda boshlangan loyiha o‘tgan asrning o‘rtalarida uranni qazib olish oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan ushbu yangi strategiya nafaqat chiqindilarni izolyatsiya qilishni, balki yuqori texnologik yechimlarni joriy etishni ham nazarda tutadi. Bu sunʼiy yo‘ldosh monitoringi, obyektlarning abadiy xavfsizligini taʼminlash uchun ularning raqamli modellarini yaratishgacha bo‘lgan jarayonni qamrab oladi.

“Gap nafaqat ekologiya, balki odamlar haqida ham ketmoqda, — deyiladi MAGATE hisobotida. — Bizning maqsadimiz bu yerlarni xo‘jalik hisobiga qaytarish va Farg‘ona vodiysidagi transchegaraviy daryolarning radioaktiv ifloslanish xavfini bartaraf etishdir”.

O‘zbekiston hukumati, MAGATE va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi yaqin hamkorlik tufayli Yangiobod va Charkesardagi obyektlar postindustrial zonalarni muvaffaqiyatli qayta tiklashning xalqaro modeliga aylanadi. 2030 yilgacha bo‘lgan rejaning amalga oshirilishi mintaqada turizm va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yangi imkoniyat ochib, uran merosini mutlaqo xavfsiz ijtimoiy neʼmatga aylantirish imkonini beradi.

Dastur Uran merosi obyektlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh (CGULS) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va xalqaro donorlik jamg‘armalari orqali moliyalashtiriladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish