O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tojikiston elchisini qabul qildi
Dekabr 25, 2025. 17:35 • 33 soniya
• 539
TOSHKENT, 25-dekabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Tojikiston elchisi Nasredin Ismatulloni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Nasredin Ismatullo janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik,- deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. - O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining 2025-yildagi asosiy yutuqlarini atroflicha tahlil qildik, barcha sohalarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganini taʼkidladik.
Kelgusi yil uchun kun tartibini shakllantirishga, jumladan oliy va yuqori darajadagi muloqotlar uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratdik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi