O‘zbekiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali suhbatlashdi
Dekabr 30, 2025. 16:33 • 34 soniya
• 38
TOSHKENT, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Senatori, Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Pokiston Islom Respublikasi Senatori, Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Isʼhoq Dar janoblari bilan samimiy telefon muloqoti o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – Ikki tomonlama munosabatlari siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda barqaror rivojlanmoqda. Muloqotimizga xos bo‘lgan o‘zaro ishonch va anglashuv muhitini yuqori baholaymiz.
Hamkorligimizni yana-da mustahkamlash va amaliy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha intilishlarimiz qatʼiy ekanini yana bir bor tasdiqladik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi