Logo

O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

Dekabr 30, 2025. 14:53 • 30 soniya

95
O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

TOSHKENT, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev janoblari bilan konstruktiv telefon muloqoti o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – O‘tayotgan yilning asosiy yutuqlarini muhokama qildik va strategik hamkorligimiz hamda ittifoqchiligimizda misli ko‘rilmagan rivojlanish surʼatlarini mamnuniyat bilan qayd etdik.

Shuningdek, 202-yilga mo‘ljallangan asosiy ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik rejalari muhokama qilindi”.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish