O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikalari tashqi ishlar vazirlari telefon orqali suhbatlashdi
Dekabr 30, 2025. 15:37 • 32 soniya
• 90
TOSHKENT, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev janoblari bilan mazmunli telefon suhbatini o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – Ikki tomonlama munosabatlarimizning joriy holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildik, o‘zaro manfaatli mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashib, yaqin hamkorlik va muloqotning muhimligini taʼkidladik.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishlarimizni tasdiqladik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi