Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri bilan uchrashdi

Fevral 26, 2026. 15:54 • 33 soniya

12
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 26-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Londonda Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri telegram-kanalida, – Spiker bilan parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, qonun chiqaruvchi idoralar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniyaning diplomatik aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildik.

Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda taʼlim, savdo va barqaror rivojlanish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishda parlamentlarning o‘rni muhim ekani taʼkidlandi”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish