O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar

Iyun 02, 2026. 17:15 • 2 daq

8
O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar

TOSHKЕNT, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Ozarbayjon Yetakchilarining o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlari hamda muntazam muloqotlari tufayli qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilganini, siyosiy muloqotlar jadal tus olganini mamnuniyat bilan qayd etdik.

Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdik hamda o‘zaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanimizni tasdiqladik.

Mamlakatlarimiz tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muloqotni izchil davom ettirishga kelishib oldik”.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish