O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlarini muhokama qildi

Iyul 23, 2026. 19:55 • 1 daq

13
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlarini muhokama qildi
“Dunyo” AA surati

TOSHKENT, 23-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Cho‘lponota shahrida Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev janoblari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilayotgani qayd etildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.

BMT, ShHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa ko‘p tomonlama platformalar doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligimizni tasdiqladik.

Shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak tashriflar va qo‘shma tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish