Antaliyada O‘zbekiston va Ukraina tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Noyabr 12, 2026. 18:00 • 54 soniya

• 330
Antaliyada O‘zbekiston va Ukraina tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

TOSHKЕNT, 12-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Antaliya shahrida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan Global iqlim sammiti doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashdik, – deb bugun yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda ishbilarmonlik aloqalarini muntazam davom ettirishga alohida e’tibor qaratdik.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish