Logo

Novosibirskdagi vatandoshlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi

Dekabr 20, 2025. 14:21 • 2 daq

96
Novosibirskdagi vatandoshlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi
Novosibirskdagi vatandoshlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi

NOVOSIBIRSK, 24-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan Rossiyaning Novosibirsk hududida yurisprudensiya, sog‘liqni saqlash va savdo sohalarida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida Vatandan tashqarida og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolarimizga yordam ko‘rsatish, hamyurtlarimizni ayni paytda qiynayotgan turli muammo va kamchiliklar, Novosibirsk hududida bo‘lishi bilan bog‘liq boshqa masalalar muhokama qilindi.

Og‘ir ahvolga tushib qolgan, zarur yordamga, jumladan, huquqiy va tibbiy yordamga muhtoj yurtdoshlarimizni ish bilan taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, “Katarsis” klinikasi bosh shifokori Feruza Mirjamalova o‘z tasarrufidagi tibbiyot markazi fuqarolarimiz, ayniqsa, xotin-qizlarda biror-bir virusli kasallik aniqlanganda bepul tibbiy yordam ko‘rsatayotgani, mutaxassislikka ega ayrim fuqarolarimizni kichik tibbiyot xodimi sifatida ishga qabul qilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari Bosh konsulxonaning vatandoshlar o‘rtasida turli huquqbuzarliklarning oldini olish, butun Sibir hududida ularning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish borasidagi faoliyatidan minnatdor ekanini bildirdi.

Hozirda Bosh konsulxona binosida o‘zbek madaniyati, adabiyoti va sanʼati burchagini ochish bo‘yicha faol ish olib borilayotgani, Novosibirskdagi maktablardan birida o‘zbek tilini o‘rganish markazini tashkil etish masalasi ishlab chiqilayotgani taʼkidlandi.

Hamyurtlarimizning Novosibirskda o‘zbek xalqining noyob va betakror madaniyatini keng targ‘ib qilish borasidagi ishlari alohida qayd etildi.

Tadbir davomida yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan vatandoshlarning mintaqaviy forumida “Faqat hamjihat bo‘lsak – yagona xalqmiz, faqat birgalikda – kuchli mamlakatmiz!” shiori ostida ishtirok etgan Novosibirsk viloyatidagi o‘zbek diasporasi faoli Gulruh Xayrullayevaga Novosibirskda o‘zbek madaniyati va sanʼatini faol targ‘ib qilgani uchun “Vatandoshlar” jamoat fondi rahbariyatining esdalik sovg‘asi topshirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish