Logo

O‘sh shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi qator hamkorlik memorandumini imzoladi

Noyabr 28, 2025. 14:55 • 49 soniya

135
O‘sh shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi qator hamkorlik memorandumini imzoladi
O‘sh shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi qator hamkorlik memorandumini imzoladi
O‘sh shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi qator hamkorlik memorandumini imzoladi
O‘sh shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi qator hamkorlik memorandumini imzoladi

O‘Sh, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasi “Sirdaryo – do‘stlik daryosi” loyihasining uchinchi bosqichini o‘tkazish maqsadida O‘sh shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Delegatsiya tarkibidan Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi маркази rahbariyati hamda Andijon ва Namangan viloyatlari oliy o‘quv yurtlari vakillari o‘rin oldi.

Loyiha doirasida Botirali Sidiqov nomidagi Qirg‘iz–O‘zbek xalqaro universitetida “O‘zbekiston ва Qirg‘iziston yoshlari yaxshi qo‘shnichilik davomchilari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkiloti markazining rasmiy ochilish marosimi ham tashkil etildi. Tadbirda SHHTning Xalq diplomatiyasi маркази ва Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tashrif давомида “Bir daryo – bir kelajak: O‘zbekiston ва Qirg‘iziston qardoshligi ekologik hamkorlikda” mavzusida davra suhbati, “Qardosh do‘stim”ga nomli kitob aksiyasi, “Ikki xalq bisotidan” nomli o‘zbek ва qirg‘iz milliy kuy-qo‘shiqlaridan iborat konsert dasturi tashkil etildi.

Tashrif yakunida O‘sh davlat texnologiyalar universiteti ва SHHT Xalq diplomatiyasi маркази o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirish ва rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

 

 

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish