“Global News Pakistan”: O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
Avgust 13, 2026. 09:30 • 2 daq
• 180
ISLOMOBOD, 13-avgust. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Global News Pakistan” axborot agentligi O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.
Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyotining bugungi va ertangi rivoji bevosita xususiy sektorning erkinligi, ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan teng va qulay imkoniyatlar hamda mustahkam huquqiy himoya bilan belgilanishi taʼkidlangan.
O‘zbekistonda mustahkam anʼanaga aylangan davlat rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti biznes va davlat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pragmatik va samarali aloqaning asosiy mexanizmi sifatida eʼtirof etilgan.
O‘zbek tadbirkorlarining Prezident bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat qilishi mamlakatda ishbilarmonlik muhitini tubdan o‘zgartirmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan tizimli qarorlar va berilgan yengilliklar biznes subyektlari uchun aniq va real afzalliklarni taqdim qilinmoqda.
Shu bilan birga, materialda O‘zbekistonda davlat rahbari va tadbirkorlar o‘rtasidagi VI ochiq muloqotga puxta tayyorgarlik ko‘rilayotgani xabar qilingan.
Joriy yil 15 maydan boshlab turli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat respublika shtabi tashkil etilib, 24/7 rejimida uzluksiz faoliyat olib bormoqda. Call-markaz va rasmiy botlar orqali 6 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Ijro doirasida 4,2 mingdan ortiq murojaat ijobiy hal etildi, 1,8 mingga yaqin murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni davom etayapti.
“Muntazam o‘tkazib kelinayotgan ochiq muloqotlar va ularda qabul qilinayotgan tizimli qarorlar tadbirkorlarga o‘z faoliyat ko‘lamini kengaytirish, eksport imkoniyatlarini oshirish hamda xalqaro bozorda raqobatdoshlikni mustahkamlash uchun beqiyos imkoniyatdir”, – deya O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov so‘zlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi