O‘zbekistonda ilk AES qurilishi Saudiya OAV nigohida
Iyun 08, 2026. 16:25 • 1 daq
• 145
AR-RIYOZ, 8-iyun. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistonining “Swift Newz” axborot agentligi O‘zbekistonda qurilayotgan birinchi AESning mamlakat energetika sohasini rivojlantirishdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda qayd etilishicha, mazkur loyiha O‘zbekistonning texnologik, sanoat va ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, mamlakatda atom energetikasi sohasini shakllantirish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Ta’kidlanishicha, stansiya loyihasida kichik modulli reaktorlar hamda yirik quvvatli atom generatsiyasi texnologiyalari uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, qurilish ishlari zamonaviy xalqaro standartlar asosida va XAEA nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini barpo etishning dastlabki qiymati 9,5 milliard AQSH dollariga baholangan. Xalqaro ommaviy axborot vositalari mazkur tashabbusni O‘zbekistonning energetika sohasidagi eng muhim strategik loyihalaridan biri sifatida baholamoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi