O‘zbekiston va Xitoy tahlilchilari yangi tashabbuslarni muhokama qildi 

Iyun 08, 2026. 20:25 • 2 daq

86
O‘zbekiston va Xitoy tahlilchilari yangi tashabbuslarni muhokama qildi 

SHANXAY, 8-iyun. /“Dunyo” AA/. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi delegatsiyaning Shanxayga tashrifi doirasida “O‘zbekiston – Xitoy 10+10” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston va Xitoyning yetakchi ekspertlari, tashqi siyosiy idoralar, xavfsizlik organlari, iqtisodiy tuzilmalar, tahlil markazlari hamda akademik doiralar vakillari ishtirok etdi.

Forum kun tartibidan “Xitoy – Markaziy Osiyo” kengaytirilgan formati doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish o‘rin oldi.

Muzokaralar davomida iqtisodiy hamkorlik, siyosiy-diplomatik aloqalar, islohotlar jarayoni hamda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, islohotlarni muvofiqlashtirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldi.

Tadbir O‘zbekiston va Xitoy tahlil markazlari o‘rtasida yuqori darajadagi ekspertlar muloqoti uchun muhim maydonga aylandi.

Forum yakunida ishtirokchilar tahlil markazlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish uzoq muddatli hamkorlik va strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish