Logo

Pokiston OAV: O‘zbekiston hududlarining biznes faoliyatining ko‘rsatkichlari monitoringi barcha asosiy mezonlar bo‘yicha o‘sishni qayd etdi

Fevral 23, 2026. 12:44 • 2 daq

7

ISLOMOBOD, 23-fevral. /“Dunyo” AA/. Pokistonning yetakchi bosma va elektron ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston jamiyatida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy yo‘nalishlardagi islohotlar natijalarini keng yoritmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jumladan, mazkur mamlakatning «DNA News» axborot agentligi, «Islamabad Post», «Daily Independent», «Daily Spokesman», «Daily Ittihat» va «Sub News» gazetalari, «Sentreline» jurnali, «The gulf Observer», «The World News», «Diplomatic Affairs», «MNN News.online», «The Diplomatic Insight», «Infora News», «News Network Pakistan» va boshqa yetakchi elektron nashrlarda «Yil O‘zbekiston hududlari biznes faoliyatining barqaror o‘sishi bilan boshlandi – CERR» sarlavhali maqolalar eʼlon qilindi.

Nashrlarda yozilishicha, O‘zbekiston hududlari bo‘yicha biznes faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari kompleks monitoringi barcha asosiy mezonlar bo‘yicha o‘sish qayd etilganini ko‘rsatmoqda.

Maʼlum qilinganidek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududlarida biznes faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.

«Joriy yilning yanvar holatiga ko‘ra, soliq tushumlari barqaror ijobiy dinamikani namoyon etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39,2 foizga oshdi. Tushumlar o‘sishining eng yuqori ko‘rsatkichlari Sirdaryo, Navoiy, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi — mazkur hududlarda o‘sish surʼatlari o‘rtacha qariyb 49 foizni tashkil etdi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlari 15,1 foizga, mol-mulk solig‘i 19,6 foizga, yer solig‘i esa 20,3 foizga oshdi», – deyilgan manbalarda

Qayd etilishicha, bojxona to‘lovlari yillik hisobda 19,8 foizga ko‘paydi. Eng yuqori o‘sish surʼatlari Navoiy, Jizzax va Namangan viloyatlarida kuzatilib, o‘rtacha qariyb 67 foizni tashkil etdi.

Tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahliliga ko‘ra, tovarlar eksporti hajmi 19,5 foizga o‘sdi. Eksport yetkazib berish hajmining eng katta o‘sishi Toshkent va Navoiy viloyatlarida kuzatilib, o‘rtacha 47 foizni tashkil etdi.

Pokiston OAVda eʼlon qilingan materiallarda, shuningdek, xususiy sektorning faol rivojlanishi yangi ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari sonining sezilarli oshgani maʼlum qilingan. «Xususan, 2026 yil yanvar oyida jami 7 116 ta yangi korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi. Yangi biznes subyektlarining eng ko‘p soni Toshkent shahrida (1 712 ta) qayd etildi. Viloyatlar kesimida yetakchilar sifatida Toshkent viloyati (735 ta), Samarqand viloyati (610 ta) va Xorazm viloyati (550 ta) qayd etildi», – deb taʼkidlangan nashrlarda.

Bundan tashqari, maqolalarda birja faolligi O‘zbekistonning aksariyat hududlarida o‘sgani, xususan, Sirdaryo viloyatida faollik 11,1 barobarga oshgani urg‘ulangan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish