Pokiston matbuoti: Samarqandda Birodar shaharlar xalqaro forumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

Iyul 19, 2026. 10:30 • 2 daq

123
Pokiston matbuoti: Samarqandda Birodar shaharlar xalqaro forumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda
Pokiston matbuoti: Samarqandda Birodar shaharlar xalqaro forumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda
Pokiston matbuoti: Samarqandda Birodar shaharlar xalqaro forumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

ISLOMOBOD, 19-iyul. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Daily Independent”, “Media Online Today”, “News Network Pakistan”, “Infora News”, “The World News” kabi yetakchi nashrlarida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Birodar shaharlar xalqaro forumi haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrlarda yozilishicha, Samarqand shahrida 24-25-iyul kunlari Birodar shaharlar xalqaro forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda ilmiy-amaliy anjumanlar, panel sessiyalar va davra suhbatlari tashkil etiladi.

Shu bilan birga, forum davomida birodar shaharlardan tashrif buyurgan ishtirokchilarning turli hamkorlik memorandumlari va bitimlarini imzolashi ko‘zda tutilgan.

Maqolalarda xalqaro forum jarayonida sheriklikni mustahkamlash, tajriba almashish, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan loyihalar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Mazkur xalqaro tadbir O‘zbekistonning xalqaro imijini yuksaltirish, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va shaharlar o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish