O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi pokistonlik yoshlarida katta taassurot qoldirdi

Avgust 12, 2026. 17:30 • 2 daq

387
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi pokistonlik yoshlarida katta taassurot qoldirdi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi pokistonlik yoshlarida katta taassurot qoldirdi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi pokistonlik yoshlarida katta taassurot qoldirdi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi pokistonlik yoshlarida katta taassurot qoldirdi

ISLOMOBOD, 12-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashish uchun yurtimizga kelgan Pokistonning “Aitchison College” yosh sportchilari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Pokistonlik yoshlar O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi asosida bunyod etilgan markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, tarixiy ekspozitsiyalar va O‘zbekistonning ko‘p asrlik madaniy merosini o‘zida mujassam etgan eksponatlarni ko‘zdan kechirdi.

Yosh sportchilarga markazning bunyod etilish tarixi, O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy-maʼrifiy faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, yurtimiz tarixida ilm-fan, taʼlim, madaniyat va maʼrifat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rniga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, islom sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyotida Movarounnahr va bugungi O‘zbekiston hududining tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi. Bu zaminda asrlar davomida ilm-fan va maʼrifat markazlari shakllangani, buyuk olimlar tomonidan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga muhim kashfiyot va ilmiy meros qoldirilgani taʼkidlandi.

Pokiston delegatsiyasi aʼzolari markaz ekspozitsiyalari bilan tanishar ekan, O‘zbekistonning boy tarixiy va ilmiy merosini alohida eʼtirof etdi. Ayniqsa, yurtimizda ilm-maʼrifat va madaniyat rivojiga munosib hissa qo‘shgan allomalar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maʼlumotlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Pokistonlik yosh sportchilarning O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi ular uchun O‘zbekistonning boy tarixi, ulug‘ ajdodlari va bebaho ilmiy-maʼrifiy merosi bilan tanishish barobarida, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning yana bir muhim ko‘rinishi bo‘ldi.

Mazkur safar sport sohasidagi hamkorlik bilan bir qatorda, O‘zbekiston va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni yana-da mustahkamlash nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sport musobaqalari xalqlarni birlashtirsa, tarix va madaniyat ular o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va do‘stlik rishtalarini yana-da mustahkamlaydi.

Shu bilan pokistonlik yosh sportchilarning O‘zbekistonda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari nihoyasiga yetdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish