Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti O‘zbekistonda o‘z kafedrasini ochdi

Sentabr 10, 2026. 08:10 • 2 daq

109
Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti O‘zbekistonda o‘z kafedrasini ochdi
Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti O‘zbekistonda o‘z kafedrasini ochdi
Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti O‘zbekistonda o‘z kafedrasini ochdi
Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti O‘zbekistonda o‘z kafedrasini ochdi
Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti O‘zbekistonda o‘z kafedrasini ochdi

ISLOMOBOD, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti (NUST) rektori, doktor Muhammad Zohid Latif boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida Pokiston delegatsiyasini O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islomov qabul qildi.

Muloqotda ikki mamlakatning geologiya va tog‘-kon sanoati sohalaridagi salohiyatini birlashtirish, shuningdek, taʼlim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan NUST o‘rtasida sohaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, uning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Hamkorlikning taʼlim va ilm-fan yo‘nalishidagi istiqbollari uchrashuvning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Geologiya fanlari universiteti va NUST o‘rtasida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va o‘zaro manfaatli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida NUSTning Geologiya fanlari universitetidagi ixtisoslashtirilgan kafedrasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, uning salohiyati va imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Muloqot yakunida geologiya va tog‘-kon sohasida taʼlim, ilm-fan va amaliy tajribani uyg‘unlashtirish, shu asosda qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish va mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirish kabi muhim takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

Bundan tashqari, Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti delegatsiyasi Geologiya fanlari universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi va mazkur oliy taʼlim muassasalari rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Xususan, Geologiya fanlari universiteti va Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Shuningdek, mazkur universitetda NUST kafedrasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish