Jazoir Prezidenti O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Iyun 11, 2026. 21:00 • 2 daq

78
Jazoir Prezidenti O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

TOSHKЕNT, 11-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Jazoir Prezidenti Abdelmajid Tabboun bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdelmajid Tabboun Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdik.

O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildik. Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdik.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Jazoir Rahbariyatining O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga qaratgan qat’iy intilishini yuksak qadrlaymiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitish, mavjud salohiyatni to‘liq ishga solish va aniq amaliy natijalarga erishish bo‘yicha birgalikda ishlashga tayyormiz”.

“Dunyo” AA olgan

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish