Shvetsiya poytaxtida “Mustaqillik kubogi” futbol turniri o‘tkazildi
Sentabr 25, 2026. 09:00 • 52 soniya
• 13STOKGOLM, 25-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Shvetsiya poytaxtida O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlab “Mustaqillik kubogi” futbol turniri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Musobaqa O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi hamkorligida tashkil etildi. Turnirda Shvetsiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek diasporasi vakillari, mehnat qilayotgan vatandoshlar hamda talabalardan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi.
Final bahsida “Dinamo” va “Turon” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Keskin va murosasiz kechgan o‘yin yakuniga ko‘ra, “Dinamo” jamoasi g‘alaba qozonib, “Mustaqillik kubogi” sohibi bo‘ldi.
Uchrashuvlar do‘stona raqobat ruhida o‘tib, Shvetsiyadagi o‘zbek jamoasi o‘rtasida hamjihatlik va jamoaviy birlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar hamda eng faol o‘yinchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


