“Ritm Yevrazii”: Toshkent agrosanoat ko‘rgazmasiga puxta hozirlik ko‘rmoqda

Sentabr 25, 2026. 10:00 • 2 daq

• 53
“Ritm Yevrazii”: Toshkent agrosanoat ko‘rgazmasiga puxta hozirlik ko‘rmoqda

MOSKVA, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Ritm Yevrazii” nashrida 25–27-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “AgroExpo Uzbekistan” sanoat ko‘rgazmasi haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, joriy yilning 25–27-noyabr kunlari Toshkent shahrida “AgroExpo Uzbekistan” yirik sanoat ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Ushbu yirik tadbir qishloq xo‘jaligidagi texnologik yangiliklar namoyishi, fermerlar, investorlar va yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish uchun qulay platformaga aylanadi.

Bu yilgi ko‘rgazma o‘zining 10 yillik yubileyini nishonlaydi. Tashkilotchilar – “IFWexpo Heidelberg GmbH” va “UzExpoCentre” mehmonlar uchun maxsus dasturlar tayyorlagan.

Ko‘rgazma doirasida qator muhim anjumanlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, O‘zbekiston Parrandachilar uyushmasi tashkilotchiligida IX Xalqaro O‘zbekiston parrandachilik hamda III Milliy fermerlar forumlari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma tarixida ilk bor “AgroExpo Uzbekistan” mukofoti topshiriladi. Ushbu mukofot agrar sohadagi eng istiqbolli texnologiyalar, mahsulotlar va loyihalarni hayotga keng tatbiq etgan kishilarga beriladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish