Logo

Istanbul universitetida Navro‘z bayrami keng nishonlandi

Mart 29, 2026. 11:00 • 2 daq

6
Istanbul universitetida Navro‘z bayrami keng nishonlandi

ISTANBUL, 29-mart. /“Dunyo” AA/. Turkiyada Istanbul universiteti hamda O‘zbekistondagi Renessans oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirokida Navro‘zga bag‘ishlangan madaniy tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur bayram tadbirida o‘qituvchilar va talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Bosh konsulxona diplomatlari ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, Navro‘z insonparvarlik, bag‘rikenglik, tinchlik va yangilanish ramzi ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, diplomatlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, jumladan Islom sivilizatsiya markazi va Imom Buxoriy memorial majmuasi kabi yirik loyihalarning ish boshlagani haqida ma’lumot berdi.

Madaniy dastur rang-barang, do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbek qo‘shiqlari va kuylari, g‘azalxonlik namunalari, an’anaviy to‘y marosimlari, jumladan “Kelin salom” urf-odati sahnalashtirildi. Shu bilan birga, Navro‘z an’analari, tarixi va mazmun-mohiyati haqida taqdimotlar namoyish qilindi.

Tadbirda namoyish qilingan milliy liboslar va fotosuratlar ko‘rgazmasi, xalq o‘yinlari, an’anaviy qadriyatlar va milliy taomlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish