Logo

Polsha–O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlantiriladi

Mart 25, 2026. 15:53 • 2 daq

44
Polsha–O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlantiriladi

VARSHAVA, 24-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polshaning va “Amicus Europae” fondi bosh kotibi Irineush Bil o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy,

savdo-iqtisodiy va transport-logistikasi yo‘nalishlaridagi hamkorlik aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Hozirda kuzatilayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlarda davlatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqotlarni faollashtirish dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, Polsha tomoni hozirda mamlakatdagi kompaniyalar orasida O‘zbekistonda biznes faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha qiziqish tobora ortib borayotganini bildirdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni faollashtirishda O‘zbekistondan Polshaga tartibli tarzda mehnat muhojirlarni jalb etish istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

2004-yilda Polshaning sobiq prezidenti Aleksandr Kvasnevskiy tomonidan asos solingan “Amicus Europae” fondi Yevropada integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash, siyosiy va mintaqaviy mojarolarni hal qilishga qaratilgan muloqot hamda yarashuv jarayonlariga ko‘maklashish ishlari bilan shug‘ullanib keladi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish