Logo

O‘zbekiston elchisi Yaponiya parlamenti deputati bilan uchrashdi

Aprel 27, 2026. 22:00 • 58 soniya

114
O‘zbekiston elchisi Yaponiya parlamenti deputati bilan uchrashdi

TOKIO, 27-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputati, Liberal-demokratik partiya a’zosi Xakubun Shimomura bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida siyosiy muloqot yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Yaponiya tomoni O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi ishonchli va ustuvor sherik sifatida ko‘rishini ta’kidladi.

Ustuvor yo‘nalish etib belgilangan ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Akademik almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish va ilmiy hamkorlikni, jumladan, qo‘shma loyihalarni ilgari surish orqali rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar parlamentlararo muloqotni faollashtirish, do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish masalalariga e’tibor qaratdi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish