O‘zbekiston elchisi Yaponiya sobiq Bosh vaziri bilan uchrashdi
Aprel 23, 2026. 18:37 • 59 soniya
• 798
TOKIO, 23-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abduraxmonov Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Fumio Kishida bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida Yaponiya hukumati Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotgani taʼkidlandi. Fumio Kishida Tokio uchun mintaqada ochiq, barqaror va mustaqil taraqqiyotni taʼminlash ustuvor ahamiyatga ega ekanini alohida qayd etdi.
Muzokaralarda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, 2025-yil dekabr oyida Tokio shahrida o‘tkazilgan birinchi sammit mazkur formatni yangi bosqichga olib chiqqan muhim voqea sifatida baholandi.
Uchrashuv yakunida sobiq Bosh vazir O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash va hamkorlikni barcha sohalarda kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston elchixonasida o‘zbek diplomatiyasining faxriysi, taniqli urdu tili bilimdoni va tarjimon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi



