Shotlandiyadagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabullari tashkil etildi

May 15, 2026. 15:25 • 59 soniya

55
Shotlandiyadagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabullari tashkil etildi

EDINBURG, 15-may. /“Dunyo” AA/. Elchixona tomonidan Shotlandiyaning Edinburg va Dandi shaharlarida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun konsullik sayyor qabullari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijda vaqtincha mehnat qilayotgan va yashab kelayotgan vatandoshlarga konsullik xizmatlari ko‘rsatish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabullar davomida fuqarolarga pasport rasmiylashtirish, konsullik ro‘yxatidan o‘tish, notarial xizmatlardan foydalanish, ish joyida yuzaga kelayotgan huquqiy nizolarni hal qilish, shuningdek mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va savollar individual tartibda ko‘rib chiqildi. Ayrim muammolar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilib, tegishli huquqiy maslahatlar taqdim etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish