O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkistonga keldi

May 15, 2026. 12:58 • 49 soniya

13
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkistonga keldi

TOSHKENT, 15-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Turkiston shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Hazrat Sulton” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin, Turkiston viloyati hokimi Nuralxan Kusherov va boshqa rasmiylar kutib oldilar.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Sammitda qatnashuvchi delegatsiyalar rahbarlari Turkiston shahridagi tarixiy yodgorliklar va madaniy obyektlar bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish