Logo

Xitoydan tabrik: 2026-yil Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishda muhim davr bo‘ladi

Dekabr 28, 2025. 11:15 • 48 soniya

172
Xitoydan tabrik: 2026-yil Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishda muhim davr bo‘ladi

PEKIN, 28-dekabr. /“Dunyo” AA/. XXR Davlat kengashi huzuridagi Yevropa va Osiyo ijtimoiy rivojlanish instituti Ilmiy kengashi rahbari Li Yunsyuan O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutladi:

– Butun O‘zbekiston xalqini yaqinlashayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

O‘ylaymanki, 2026-yil ham Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlari yana-da rivojlanib, yangi-yangi loyihalar amalga oshiriladi.

O‘tayotgan yilga nazar tashlar ekanmiz, mamlakatingiz “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritganiga guvoh bo‘lamiz.

O‘zbekistondagi islohotlar jarayonini doimiy ravishda kuzatib boraman. Davlatingizda tom maʼnoda – aql bovar qilmas yangilik va o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan, insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan islohotlar aholi turmush tarzining yanada yuksalishi, mamlakat obodligi va taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kelajakka nazar tashlab, ishonch bilan ayta olamanki, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yana-da kengaytirilib, birgalikda tashabbuslar amalga oshirilsa, yutuqlarimiz bundan-da yuksak bo‘ladi.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish