Logo

Germaniyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi

Dekabr 16, 2025. 14:48 • 2 daq

219
Germaniyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Germaniyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Germaniyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi

BERLIN, 22-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasida vatandoshlar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi, deb xabar qiladi “Dunyo” AA muxbiri.

Diplomatik vakolatxona vakillari yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, Konstitutsiya mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetining asosi ekani, faol ichki va tashqi siyosatni qo‘llab-quvvatlashga, xalq farovonligini taʼminlashga qaratilganini taʼkidladi. Asosiy qonun inson huquqlari va manfaatlarini ishonchli himoya qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratgani, O‘zbekistonni huquqiy va ijtimoiy davlat sifatida barpo etgani qayd etildi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan davra suhbatida so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyaning qabul qilinishi tarixi, 2023-yilda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan yangilangan normalarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. Qayd etilganidek, yangi tahrirda inson qadri eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etilib, ijtimoiy himoya, farovonlik darajasini oshirish, sog‘liqni saqlash va taʼlimni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Davra suhbati davomida Konstitutsiyaning mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rniga bag‘ishlangan axborot materiali taqdim etildi. Bundan tashqari, xorijda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, konsullik xizmatlarini takomillashtirish hamda huquqiy maslahat va taʼlim sohasidagi yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda bir guruh faol vatandoshlarimizga milliy madaniyatimiz va qadriyatlarini asrab-avaylash, Germaniya jamoatchiligi orasida O‘zbekiston nufuzini oshirish, ilmiy aloqalarni kengaytirishga qo‘shgan hissalari uchun elchixona nomidan maxsus tashakkurnomalar topshirildi.

Bu kabi uchrashuvlar vatandoshlar birdamligini yana-da mustahkamlash barobarida Vatan bilan maʼnaviy uyg‘unlikni chuqurlashtirish hamda hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish