Saudiya matbuoti: O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida katta tajriba orttirdi

Iyul 12, 2026. 14:00 • 2 daq

84
Saudiya matbuoti: O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida katta tajriba orttirdi

AR-RIYOZ, 12-iyul. /“Dunyo” AA/. Saudiyaning “Ash-Sharq al-Avsat” axborot agentligida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro jamoasi musobaqadagi ishtirokini muddatidan avval yakunlaganiga qaramay, AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida katta tajriba orttirgan.

O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining ikkinchi turidan so‘ng Portugaliyaga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lib, pley-offga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Bundan avval, turnirning ochilish o‘yinida o‘zbekistonliklar Kolumbiya terma jamoasiga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ygan edi.

Nashrda qayd etilishicha, Fabio Kannavaro shogirdlari dunyoning eng kuchli jamoalariga qarshi munosib ravishda bahs olib borgan. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir mag‘lubiyatga qaramay, bu o‘yin futbolchilar uchun jamoaning kelgusi rivojlanishiga yordam beradigan muhim tajriba bo‘lgan.

Shuningdek, murabbiy endilikda asosiy e’tibor mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarning psixologik holatiga qaratilishini ta’kidladi. Jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro “Men o‘z futbolchilarim bilan faxrlanaman. Ular yaxshi o‘ynadi”, deya bayonot bergan.

Maqolada ta’kidlanishicha, taniqli sport mutaxassislari ham debyutantlarni koyishga hojat yo‘qligi, ular jasorat bilan o‘ynagani va musobaqa favoritlarga qarshi futboldan zavq olganini qayd etgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish