O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Islomobdga keldi
Fevral 05, 2026. 16:25 • 42 soniya
• 28
TOSHKENT, 5-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan bugun Pokiston poytaxtiga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Pokiston havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.
“Nurxon” aeroportida davlatimiz rahbarini Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy, Bosh vazir Shahboz Sharif va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Dasturga muvofiq, bugun Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni – Qurolli Kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muzokaralar va Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Ertaga, 6 fevral kuni Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashuv va O‘zbekiston – Pokiston biznes forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
