O‘zbekiston Prezidentining Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi
Yanvar 30, 2026. 01:10 • 39 soniya
• 112
TOSHKENT, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Anqara shahrida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan muzokaralar, shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari raisligida Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash marosimi bo‘ldi.
Ommaviy axborot vositalari uchun bayonotlarda O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdilar.
Davlat rahbarlari Hatay viloyatida O‘zbekiston tomonidan qurilgan turar joy majmuasini foydalanishga topshirish, shuningdek, Istanbul shahrida o‘zbek maktabi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdilar.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga Toshkentga jo‘nab ketdi. “Esenbog‘a” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
