O‘zbekiston Prezidenti O‘monning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

Noyabr 16, 2026. 21:45 • 2 daq

• 19
O‘zbekiston Prezidenti O‘monning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

TOSHKЕNT, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘monga davlat tashrifi davomida bugun ushbu mamlakat Investitsiyalar agentligi prezidenti Abdusalom al-Murshidiy boshchiligidagi yirik biznes vakillarini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘mon Savdo-sanoat palatasi raisi Shayx Faysal al-Ravas, “SABCO Group” direktorlar kengashi raisi Said Xolid bin Hamad al-Busaydiy, “Voltamp Energy” direktorlar kengashi raisi Said Ayman al-Busaydiy, “Asyad Group” bosh ijrochi direktori Abdurahmon bin Salim al-Hatmiy, “Zubair Corporation” kompaniyasi boshqaruvi kengashi raisi Rashad Muhammad al-Zubayr, “UzOman” kompaniyasi rahbari Umar Bahrom ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston – O‘mon investitsiya kompaniyasi ustav kapitalini oshirish, tog‘-kon, “yashil” energetika, elektrotexnika, kimyo, shaharsozlik, transport va logistika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni ta’minlashda yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston – O‘mon ishbilarmonlar kengashining faoliyati muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzish va bajarilgan ishlar natijalarini har chorakda muhokama qilib borishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish