O‘zbekiston Prezidentiga Toshkentda mahallalar va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish loyihalari taqdim etildi
Oktabr 14, 2026. 19:25 • 4 daq
• 1
TOSHKЕNT, 14-oktabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahrida mahallalarni obodonlashtirish, yangi maktab va bog‘chalar qurish hamda shahar muhitini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Yashnobod tumanidagi Vatandosh, Mohinur, Al-Buxoriy va Tong mahallalarini kompleks yangilash loyihasi taqdim etildi. Ularning umumiy maydoni 75 gektar bo‘lib, bu yerda 18 ming 386 nafar aholi istiqomat qiladi.
Loyiha “15 daqiqalik mahalla” tamoyiliga asoslangan. Unga ko‘ra, aholi uchun zarur savdo va maishiy xizmatlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, dam olish hamda sport maskanlari odamlarga qulay masofada joylashtiriladi.
Hududda yashil maydonlarni kengaytirish, uch kilometrlik sayr yo‘lagini tashkil etish, bolalar va sport maydonchalarini yangilash, ko‘p tarmoqli sport inshootini barpo etish rejalashtirilgan. Mavjud maktablarni kengaytirish hisobiga 2 mingta qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratish, 540 o‘ringa mo‘ljallangan to‘rtta bog‘cha va uchta poliklinika tashkil etish ham nazarda tutilmoqda.
Mahallalarda avtomobillarni hovlilardan tashqarida joylashtirish, jamoat transporti bekatlarini yangilash, xavfsiz piyoda va velosiped yo‘laklarini barpo etish taklif qilindi. Shuningdek, 76 ta uyning tashqi ko‘rinishi va muhandislik tarmoqlarini yangilash, ko‘chalarni yoritish, chiqindi yig‘ish shoxobchalarini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, kafe hamda aholi muloqot qilib, hordiq chiqaradigan joylar tashkil etiladi.
“15 daqiqalik mahalla” tamoyili asosida poytaxtda 2027-yilda 100 ta, 2030 yilga qadar esa 400 ta mahalla kompleks yangilanadi. Bu jarayonda ushbu mahallalardagi barcha infratuzilma, jumladan, issiqlik, ichimlik suvi, kanalizatsiya, elektr energiyasi, gaz va yoritish tizimlari, ko‘p kvartirali uylar fasadlari, yo‘l va yo‘laklar, bolalar va sport maydonchalari to‘liq yangilanadi. Mahallalarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daraxt va butalar soni xalqaro standartlarga moslashtiriladi.
2030-yilga qadar 400 ta mahallada 130 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi, xususan, 2027-yilda 100 ta mahallada 22 mingta. Buning uchun banklar tomonidan “konveyer” loyihalarni ishlab chiqish va ishga tushirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Poytaxtda aholi soni o‘sishi bilan o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi ortib bormoqda. 2025-2026 o‘quv yilida u 141 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, keyingi besh yilda o‘quvchilar soni 71 mingtaga (14 foiz) ko‘payishi hisobiga 2030-2031-o‘quv yiliga borib, 212 mingtaga yetishi mumkin. Shu bois, 2030 yilgacha respublika budjeti hisobidan 48 mingta, mahalliy budjet hisobidan 78 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Natijada maktablarning yuklamasi hozirgi 1,4 koeffitsiyentdan 2030-yilda 1,2 gacha pasayadi.
2026-2027 o‘quv yili uchun umumiy maydoni 64,6 ming kvadrat metr bo‘lgan, jami 38 ming o‘rinli 24 ta yangi maktabning loyihalari tayyorlangan. Maktablarning amaldagi namunaviy loyihalariga 17 ta yangi imkoniyat qo‘shilmoqda. Jumladan, qo‘shimcha o‘quv maydonlari, kutubxona, sport va madaniyat tadbirlari uchun moslashuvchan zallar, o‘qituvchilar uchun qulay xonalar ko‘zda tutilgan. Loyihalarda pandus va liftlar, inklyuziv ta’lim xonalari, tibbiy xonalar, xavfsizlik hamda energiya tejamkorlik yechimlari ham nazarda tutilgan. Harakat va suv datchiklari hisobiga elektr energiyasi sarfi 20 foizgacha, suv sarfi 10 foizgacha tejaladi. Yangi yechimlar yer maydonini 50 foiz tejash, bir o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan maydon samaradorligini 15 foizga oshirish, sport maydonlarini uch barobar kengaytirish imkonini beradi. Umuman olganda, namunaviy loyihalar samaradorligi 40 foizga oshiriladi.
Xususiy ta’lim markazlarining davlat maktablari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi. Bu o‘quvchilarning maktabning o‘zida oliygohlarga tayyorlanishi va yangi tillarni o‘rganishi uchun sharoit yaratadi.
Shaharda 3-7 yoshli bolalar soni 253 mingtani tashkil etadi. Ularning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 79,2 foiz, bog‘chalardagi o‘rinlar tanqisligi esa 65 mingta. Shu bois, 2030 yilgacha respublika budjeti hisobidan 8 mingta, mahalliy budjet hisobidan 32 mingta qo‘shimcha bog‘cha o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda. Natijada 2030 yilda qamrov 92 foizga yetkaziladi. 2026-2027 o‘quv yili uchun esa umumiy maydoni 32 ming kvadrat metr bo‘lgan, jami 16 ming o‘rinli 28 ta yangi bog‘chaning besh turdagi loyihalari tayyorlangan.
Bog‘chalarning namunaviy loyihasiga bolalar rivojlanishi va salomatligiga xizmat qiluvchi 14 ta yangi yechim kiritilmoqda. Ularda sensor va logoped xonalari, psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish joylari, tibbiy blok, turli mashg‘ulotlarga moslashtiriladigan zallar bo‘ladi. Bolalar xavfsizligi uchun videokuzatuv va jarohatdan himoyalovchi qoplamalar, qulay muhit yaratish uchun havo tozalagichlar, shuningdek, energiya tejamkor yoritish va quyosh panellari ko‘zda tutilgan. Bu orqali namunaviy loyihalar samaradorligi 38 foizga oshiriladi.
Taqdimotda Uchtepa tumanida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan “Uchtepa city” zamonaviy ishbilarmonlik markazini barpo etish loyihasi ham taqdim
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi