Andijon Belarus hududlari bilan professional ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Oktabr 14, 2026. 18:00 • 2 daq
• 12
MINSK, 14-oktabr. /“Dunyo” AA/. Andijon va Belarus hududlarining professional ta’lim boshqarmalari vakillari o‘rtasida kasbga tayyorlash sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tomonlar dual ta’lim tizimini rivojlantirish doirasida qurilish, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat va mashinasozlik yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, pedagoglar malakasini oshirish va o‘quvchilar uchun ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Muzokaralarda ikki davlat hududlaridagi texnikum va kollejlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, o‘zaro tajriba almashish va amaliyotlarni tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Mazkur hamkorlik loyihalari O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida professional ta’lim sifatini oshirish, mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlash va hududlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi